Gamma - Sog'inch SohiLi
00:00
00:00
Embed Code (recommended way)
Embed Code (Iframe alternative)
Please login or signup to use this feature.




Verse I

Sog’inch sohilidan hislarim toshar
Mavj urib oqadi hijron daryosi
Mehr to’lqin bo’lib qirg’oqdan oshar
Hamla qilolmagay g’ubor soyasi

Sayr etib beg’ubor ko’ngil bog’larin
Umid uchqunlari parvoz aylasa
Ko’z yosh yomg’ir bo’lib ko’ngil dog’larin
Bir umr yetgulik tanho saylasa

Chorus:

Sog’inaman tong otar
Sog’inaman kun botar
Sog’inchli onlar o’tar
So’ginchim ortib ketar
Ishqingda men yonaman
Tushda ham sog’inaman

***

Verse II

Daryoning tubiga cho’kib qolgan tosh
Bu mening bag’rimga o’yilgan bir o’q
Intiq bo’lib kutar qoqmaydimi qosh
Va so’ngra qalbimga solmaydimi cho’q

Bu sohilda mening dardlarim mungli
Ohu faryod chekib bo’lmoqdadir g’arq
Ko’nglim osmonlari qop-qora tunli
Sog’inchim nishoni urmoqdadir barq

Chorus:

Licence : All Rights Reserved


X